Mehnat xavfsizligi – inson salomatligi kafolati

Hamma joyda boʻlgani kabi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (OʻzMMI)da ham Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq 2017-yilda mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi lavozimi joriy etilib faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 2020-yil noyabr oyida tegishli buyruqqa asosan mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etilgan. Va bu borada belgilangan talablarga asosan ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Institutda ish joyini attestatlash natijalariga muvofiq lozim boʻlganda xodimlarni kerakli himoya vositalari bilan doimiy taʼminlab boriladi.

Korxonada baxtsiz  hodisalar  sodir  boʻlishining oldini olish boʻyicha ogohlantiruvchi belgilar  (plakatlar) belgilangan talab va meyorlarga asosan  xonalar va yoʻlaklarning koʻzga tashlanadigan joylariga oʻrnatilgan.

Mehnatni   muhofaza   qilish   ishlarini   takomillashtirish, samaradorligini  yanada  oshirish, xizmat koʻrsatish bilan  bogʻliq  baxtsiz hodisalarni oldini olishga yoʻnaltirilgan profilaktik ishlarni kuchaytirish boʻyicha  chora-tadbirlar   rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, unda quyidagilar aks etgan:

-Xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi qonuniy huquqlari va manfaatlariga qanday amal qilinayotgani ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

-Xodimlarga mehnat muhofazasi yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish.

-Xodimlarni mehnat xavfsizligi talablari va qoidalarining buzilganligi toʻgʻrisida ularni ogohlantirish.

-Xodimlarni maxsus kiyim, poyafzal va shaxsiy muhofaza qilishning boshqa vositalarini, yuvadigan va dezinfeksiya qiladigan vositalar, sut yoki boshqa shunga teng keladigan boshqa maxsulotlar, davolash-profilaktik moddalar bilan taʼminlashni nazorat etish.

-Mehnat muhofazasi qoidalari va normalarini buzgan yoki oʻz hatti harakati yoxud beparvoligi, loqaydligi tufayli ham oʻzi uchun, ham boshqa xodimlar uchun xavf-xatar tugʻdirgan xodimga nisbatan chora koʻrishni ish beruvchidan talab etish.

-Xodimlarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha bilimlarini sinash imtihonlarida ishtirok etish.

-Jamoa shartnomasining mehnat muhofazasi boʻlimining bajarilishini nazorat etish.

Institut va uning hududiy filiallarida mehnat jarayonida xodimlarning xavfsizligi, hayoti va sogʻligi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, tadbirlari ham olib boriladi, mavzu doirasida malaka oshirish ishlari muntazam ravishda tashkil qilinadi. Bu boradagi ishlar natijasi oʻlaroq 2020-yil dekabr oyida 19 nafar xodimlar mehnatni muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligi yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlanib ularning malakalari oshirildi. OʻzMMI Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz faoliyatini korxonaga dahldor barcha xodimlar salomatligiga maʼsullik darajasida olib bormoqda.

Matbuot xizmati